Lempard o'rtoqlik o'yinida tomoshabinlardan biriga penalti tepishni taklif qildi

Оқил Абдубарноев
1 avg 2022, 00:02
"Everton" va Kievning "Dinamo" klublari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida ukrainaliklar darvozasiga penalti belgilandi.

O'sha paytga kelib "Everton" allaqachon 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi va "irislar" ustozi Frenk Lempard tribunadagi muxlisga penalti tepishni taklif qildi.

Albatta, bu tasodifiy futbol ishqibozi emas edi - Pol Stratton Angliyadagi ukrain diasporasiga yordam berish bilan tanilgan va shuning uchun u penalti tepishga taklif qilindi. Shuni takidlash kerakki, Pol penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Angliya chempionati beshinchi avgust kuni boshlanadi, birinchi turda "Everton" Londonning "Chelsi" klubini qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: euro-football.ru