Lempard Kloppning transferlar haqidagi gapiga javob berdi

Alisher
14 sen 2020, 10:20
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppning transferlar haqidagi gapiga javob qaytardi.

Oldinroq Klopp "Liverpul"ning "Chelsi" kabi ko'p futbolchilarni sotib ololmasligini, Mersisayd klubi boshqacha ekanligini aytgan edi.

"Siz "Liverpul" o'yinchilarini ko'rishingiz mumkin - van Deyk, Alisson, Fabino, Keyta, Mane va Salah. Juda yuqori narxga ega ajoyib futbolchilar. "Liverpul" ularni ma'lum bir davr mobaynida sotib olgan. Biz esa bu ishni taqiqdan so'ng amalga oshirdik va tarkibni kuchaytirish bilan vaziyatni o'nglashga urinyapmiz.

Biz "Liverpul"ning ayni damda yuqori darajada ekanligini bilamiz, ularda ajoyib o'yinchilar borligini ham. "Liverpul"ning qilgan aqlli ishi shundaki - ular bir necha yillar davomida o'z murabbiylari va tizimlariga ishonishdi. Bu ajoyib hikoya, ammo ular o'yinchilarga ko'p pul sarflashgan", - deydi Lempard.

→ Yurgen Klopp transferlar haqida: "Liverpul" o'zini "Chelsi" kabi tuta olmaydi" 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail