Lempard "Chelsi"ni 2 kun ichida qabul qilib oladi

Alisher
24 iyun 2019, 11:52
"Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Frenk Lempard 2 kun ichida "Chelsi"ni qabul qilib oladi.

"Lempard 48 soat ichida tanishtiriladi. U klubda yaxshi maosh oladi.

"Chelsi" xo'jayini unga o'zini ko'rsatishi vaqt beradi va transferlar uchun yaxshi mablag' beradi", - deyiladi xabarda.

Frenk Lempard "Derbi Kaunti"ni 2018 yil yozda qabul qilib olgan edi. U o'zining birinchi mavsumida Chempionshipda 6-o'rinni egalladi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Chelsi" Lempardga 3 yillik shartnoma taklif qilganligi to'g'risida xabarlar chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TalkSport