Lempard bugun antirekordlarni qayd etdi

Eldor Akmurzayev
11 avg 2019
Xabaringiz bor, Chelsi Angliya chempionati yangi mavsumining ilk turi doirasidagi MYUga qarshi bahsda 0:4hisobida imkoniyatni boy berdi.

Aristokratlar ustozi Frenk Lempard ushbu qoniqarsiz natija tufayli klubning ikkita antirekordini takrorladi. 

Ulardan birinchisi londonliklar APLning 1-turini 12 mavsumdan buyon ilk marotaba muvaffaqiyatsizlik bilan boshlashdi. Oldingi natija 2007 yili Avraam Grantga tegishli edi va o'shanda ham Chelsini qizil iblislar taslim (0:2) qilishgan.

Shunindek, Chelsi 41 yildan beri birinchi bora Premer-liganing yangi mavsumini yirik mag'lubiyat bilan boshlashiga to'g'ri keldi. 1978 yilda jamoa Midlsbroga 2:7 natijasi bilan yutqazgandi.

Bundan tashqari, Lempard bugun murabbiylik faoliyatidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote