Lemanning fikricha, del Boske Torres va Diego Kostadan voz kechib to'g'ri qilgan

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2016, 16:41
Germaniya terma jamoasi sobiq posboni Yens Lemanning fikricha, Ispaniya ustozi Visente del Boske Evro-2016ga Fernando Torres va Diego Kostani olib kelmay to'g'ri qilgan.

"Ispaniya terma jamoasida Torres va Diego Kosta yo'qligidan hayron bo'lgan edim. Murabbiy jamoada kerakli mentalitet bo'lishi uchun avval sovrin qo'lga kiritganlardan chaqirishi kerak deb o'ylayman. Ammo bu xato. Bu safar del Boske to'g'ri qilganiga amin bo'ldim" - deydi Lemann.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca