

Umarali Rahmonaliev to'p tepadigan "Sabah" o'z maydonida "Gabala"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Hamyurtimiz bu bahsda jamoasi tarkibida to'liq harakat qildi, 73-daqiqada hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
Bu g'alabadan so'ng "Sabah" turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 9 noyabr kuni "Kyapaz"ga qarshi o'tkazadi.



