Legionerlarimiz. Mirzaev dubli jamoasiga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
4 may 2022, 23:14
Tailand chempionatining 30-tur uchrashuvlari yakunlandi.

Sardor Mirzaev to'p tepayotgan “Muangtong Yunayted” so'nggi tur bahsini o'z maydonida “Prachuap”ga qarshi o'tkazdi. Bellashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi, 

E'tiborlisi shundaki, “Muangtong Yunayted” safidagi ikkala golni ham hamyurtimiz Sardor Mirzaev tomonidan kiritildi. 

Shu tariqa, “Muangtong Yunayted” mavsumni 49 ochko bilan 4-o'rinda yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia