Leandro Lino: "Ukrainaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida emas, jahon chempionati yarim finalida o'ynadik"

Оқил Абдубарноев
3 okt 2024, 15:05
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/2 finali doirasida Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (3:2) Braziliya terma jamoasi hujumchisi Leandro Lino saytimizga intervyu berdi.

"Ukrainaga qarshi o'yin juda shiddatli o'tdi. Raqib jismonan kuchli tayyorgarlikka ega edi. Birinchi bo'limda ular bizga qiyinchilik tug'dirdi, ammo ikkinchi bo'limda aql bilan ish tutdik va o'yin tempini o'zgartirib, qiyin vaziyatdan chiqib ketdik.

Uchrashuv qiyin bo'lishini avvaldanoq bilardik. Chunki bu bellashuv o'rtoqlik o'yini emas, balki jahon chempionati yarim finali edi. Shu bois, bor diqqatimizni jamlagandik. Yuqorida aytganimdek, ikkinchi bo'limda mushkul vaziyatdan chiqib ketishni uddaladik.  

Endilikda mehmonxonada dam olib, finalga o'zimizni ruhan tayyorlaymiz. Hal qiluvchi uchrashuvda qaysi jamoa bo'lishidan qati nazar qiyin o'yin bo'ladi", dedi Lino.

Eslatib o'tamiz, Braziliya finalda Argentina - Fransiya juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia