Laziz Ubaydullaev: "UzDongJu" bitta vaziyatdan gol urib g'alaba qozondi"

Narzulla Saydullayev
20 mar 2016, 11:24
O'zbekiston kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan "UzDongJu" - "Sho'rtan" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar yarim himoyachisi Laziz Ubaydullaev o'z fikrlarini bildirdi.

"UzDongJu" juda ham shakllangan jamoa ekan. Sen urmasang sengi urishadi degan naql yana bir bor o'z isbotini topdi. Bizda golli vaziyatlar juda ko'p bo'ldi, lekin ulardan foydalana olmadik. Kamchiligimiz gol ura olmadik va omadimiz kelmadi. Futbolda shunday bo'lib turadi. Raqib bitta vaziyatdan foydalanib g'alaba qozondi. Endi bor e'tiborimizni O'zbekiston chempionatiga qaratamiz", - deydi Laziz Ubaydullaev.
 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia