

"Argentina terma jamoasi raqobatbardosh bo'ladi. Biz musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Yevropa grandlari bilan o'yinlarda o'z kuchimizni ko'rsatib bo'lganmiz. Men Braziliya va Fransiyani favorit, deb bilaman. Ularda kuchli futbolchilar talaygina",- deya Martinesdan iqtibos keltiradi TyC Sports.
Ma'lumot uchun, Argentina "S" guruhida Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan bellashadi.



