Larsson Ibragimovich bilan tenglashib oldi

Mirjalol Normatov
13 okt 2019
Shvetsiya termasi Malta maydonida 4:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Unda mehmonlar futbolchisi Sebastyan Larsson asosiy tarkibda maydonga tushdi va dubl qayd etdi.

34 yoshli xavbek milliy termadagi 116-uchrashuvini o'tkazdi. Shu orqali u ushbu natijasi bilan Zlatan Ibragimovich va Roland Nilsson bilan tenglashib, 6-o'ringa chiqib oldi.

Ayni damda ushbu ro'yxatning birinchi pog'onasida Anders Svensson (148 o'yin) bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express