Laporta: "Xavini ajoyib murabbiy deb hisoblayman"

Mirjalol Normatov
23 okt 2022, 11:57
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes haqida gapirdi.

"Men uchun Xavi - ajoyib murabbiy. Chunki u doim pozitiv fikrlaydi. Xavi qiyin vaziyatlardan chiqish yo'lini biladi, umuman olganda u "Barselona"ning bir qismi sifatida barchasini eplamoqda. Biror voqelikning doimo yaxshi tomoni bo'ladi, u esa hammasi yaxshi bo'lishini istamoqda. 

Keling, o'zimizni aldamaylik. Bizda endi qurilayotgan jamoa bor. Uning kelajagi ajoyib", - dedi Laporta.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal