Laporta: "Biz Xavi davrining boshida turibmiz"

Omonjon To`xtamirzayev
8 sen 2023
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubda yangi davr boshlanayotganini ta'kidladi.

"Biz yangi davrni boshlayapmiz, Xavi davrini. O'tgan mavsum asosiy vazifamiz Ispaniya chempionatidagi g'alaba edi, endi boshqa vazifalarni bajarish zarur – La Liga va yana bir nechta muhim titullar.

Yangi davr boshlandi va biz baxtli insonlarmiz, sababi Xavi erasini o'z ko'zimiz bilan ko'ra olamiz. Ishonchim komil, bu "Barselona" tarixidagi eng zo'r davrlardan biri bo'ladi".

Avvalroq, Xavi "ko'k-anorranglilar" bilan kelishuvni uzaytirish borasida kelishuvga erishgani ma'lum qilingandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Diario Sport