Laporta "Barsa"ning muvaffaqiyatsizligi haqida: "Mo'jiza ro'y bermadi"

Aziz Tukhtamuradov
27 okt 2022, 09:43
"Barsa" prezidenti Joan Laporta klubning YCHLda pley-offga chiqa olmaganiga munosabat bildirdi.

"Mo'jiza ro'y bermadi. Ammo bugungi qiyin o'yinda bizni jahonning eng yaxshi muxlislari qo'llab turishdi. Oldinga intilishimiz lozim, La Ligada kurashni davom ettiryapmiz. Jamoamiz hali kuchayishga qodir ekanligini ko'rsatishimiz lozim. 

"Bavariya" – Yevropaning eng yaxshi jamoasi. Juda kuchli va hamjihat. Ular xotirjam o'ynashdi. 

Biz uchun "Inter"ning o'yinini ko'rish og'ir bo'ldi.

La Liga biz uchun juda muhim, biz oldinga intilib, chempionat va boshqa turnirlarga e'tiborni qaratishimiz lozim", - dedi "Barselona" prezidenti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru