Laporta: "Alonso va Aspiliuetani muhokama qila olmayman, sababi "Chelsi"ni hurmat qilaman"

Alisher
30 iyul 2022, 15:20
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaga "Chelsi" himoyachilari Markos Alonso va Sesar Aspilikuetaning ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, ikki futbolchining "aristokratlar" bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil vaqt qolgan.

"Boshqa klub o'yinchilarini muhokama qilishni xohlamayman. Aspilikueta va Alonso – ajoyib o'yinchilar, ammo ular haqida gapirishni xohlamayman, sababi "Chelsi"ni hurmat qilaman", – deydi Laporta.

Alonso va Aspilikueta "Barselona"ga o'tishni xohlamoqda va bu haqda "Chelsi"ga xabar berishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: CBSS Sports