

Kataloniyaliklar joriy mavsum to'rtta frontning hammasida muvaffaqiyatga erishishdi. Avvalroq, jamoa Chempionlar ligasi, Ispaniya kubogi hamda Superkubogini o'ziniki qilib olgandi.
“Ko'kanorranglilar” rahbari Joan Laporta klub muzeyida barcha sovrin bilan taqdimot o'tkazdi.
“Klub boshdan o'tkazayotgan qiyin davrda futzal jamoamiz bizni cheksiz xursand qilganidan juda ham minnatdormiz. Ular yorqin mavsum o'tkazib, eng muhim to'rtta sovrinni qo'lga kiritishdi”, deydi Laporta.



