Laport Ispaniya terma jamoasida emas, Fransiyada o'ynashni istaydi

Aziz Tukhtamuradov
30 yanv 2016, 21:14
Atletik futbolchisi Emerik Laport Ispaniya terma jamoasi haqida gapirgan gaplarini noto'g'ri talqin qilishganligini aytib o'tdi.

"OAVda chiqqan xabarlarga tushuntirish berib o'tmoqchi edim. Meni intervyuimni noto'g'ri talqin qilishgan. Maqsadim - Fransiya terma jamoasida o'ynash. Men hali yoshman va buning uchun ko'p ishlashim kerakligini tushunaman.

Men shunchaki, murabbiy agar menga ishonmasa boshqa variantlarni ko'rib chiqishimni aytmoqchi edim", - deydi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru