"Lans"da eng ko'p maosh oladigan futbolchilarni bilasizmi?

Оқил Абдубарноев
21 mar 2024, 23:12
Fransiya klubida o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov to'p tepadi.

Fransiyaning "Lans" klubida eng ko'p maosh oladigan futbolchilar ro'yxati e'lon qilindi. Unga ko'ra, jamoada Bris Samba, Ele Vai va Kevin Dansoga boshqalardan ko'proq haq to'lanadi.

Jumladan, Samba va Vai oyiga 210 ming evro, Danso esa 170 ming evro ishlab topadi.

Klubning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov esa oyiga taxminan 12 ming evro maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L'Equipe