"Lans" jamoadan ketishi kutilayotgan Danso o'rniga Portugaliya klubidan himoyachi olib kelmoqchi

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2024, 18:53
Fransiyaning "Lans" jamoasi "Aroka" himoyachisi Rafael Fernandeshga qiziqmoqda.

21 yoshli himoyachi Kevin Dansoga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda. Transfermarkt portali uning transfer summasini 700 ming evroga baholagan.

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, Kevin Danso ushbu transfer oynasidayoq jamoadan ketadi. U 30-40 mln evro atrofidagi summaga sotilishi kutilmoqda. Avvalroq Dansoga "Bavariya" va PSJ qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi.

Rafael Fernandesh joriy mavsum "Aruka" safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 marta ogohlantirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport