"Lans" armanistonlik himoyachini transfer qilmoqchi

Mirjalol Normatov
30 noya 2024, 00:07
Nair Tiknizyan faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

"RB Sport" ma'lumotiga ko'ra, "Lokomotiv"ning 25 yoshli chap qanot himoyachisiga "Lans" tomonidan qiziqishlar bor. Biroq hozircha bu mish-mishlar tasdiqlanganicha yo'q. "Lans" klubining egasi kelib chiqishi arman millatiga mansub fransiyalik tadbirkor Jozef Mari Ugurlyan hisoblanadi.

Ushbu mavsumda Tiknizyan Rossiya chempionatida 14 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi. Transfermarkt portali ushbu futbolchini 6,5 mln evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: РБ Спорт