Langle faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin

Alisher
9 iyun 2022
"Barselona"dan kyetishga rozi bo'lgan himoyachi Kleman Langle Portugaliya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

Jurnalist Jerar Romeroning xabariga ko'ra, 26 yoshli o'yinchining agenti Jorje Mendesh mijozining xizmatlarini Portugaliya klublariga taklif qilgan.

Francuzning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 14 million evroga baholamoqda.

Langle 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero