

17 yoshli ispaniyalik o'yindan oldin faqat g'alaba haqida o'ylaganini tan oldi, endi esa u yerda g'alaba qozonish uchun jamoadoshlarini bor e'tiborini Milanda bo'ladigan javob o'yiniga qaratishga chaqirdi.
"Men ko'proq narsani, g'alaba qozonishni xohlardim. Javob o'yinida borimizni beramiz va o'ylaymanki, finalga chiqamiz.
Har doim g'alaba qozonish haqida o'ylayman – bu eng muhimi. Shuning uchun biroz xafa bo'ldim. Lekin men allaqachon javob o'yini haqida o'ylayapman", – dedi Lamin.
"Barselona" va "Inter" o'rtasidagi javob uchrashuvi Milanda 7 mayga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.



