Lamela yana olti hafta maydonga tushmasligi mumkin

12 fev 2014, 12:29
“Tottenxem” bosh murabbiyi Tim Shervud jamoa yarim himoyachisi Erik Lamelaning tiklanish muddati haqida ma'lumot berdi.

“Boshqa davlat, boshqa chempionat va boshqa tilga ko'nikish biroz qiyin bo'ladi. Bularning bari kichik muammo bo'lsada, jarohatdek jiddiy muammolar o'yinchini o'zini tiklab olishiga xalaqit berayapti.

Ayni paytda Lamelaning belida jarohati bor va biz uni qachon tuzalishini aniq ayta olmaymiz. Balki bir necha haftadir, balki undan ham ko'proq.

The Guardian bergan xabarga ko'ra, Lammelaning tiklanishiga olti hafta kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi so'nggi marotaba 29-dekabrda “Stok Siti”ga qarshi maydonga tushgan edi.


Manba: sports.ru