Lam: "Xatolarimiz "Yuventus"ga o'yinni qutqarish imkonini berdi"

Aslanov Jasurbek
24 fev 2016, 13:45
"Bavariya" himoyachisi Filipp Lam "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final birinchi uchrashuvi (2:2) haqida fikr bildirdi.

"Chempionlar ligasi - bugun faqat musobaqa g'alaba qozondi. Futbol muxlislari his-tuyg'ularga to'la yorqin o'yin guvohi bo'lishdi. 2:2 hisobi bizni qoniqtiradi. Javob uchrashuvidan oldin biroz bo'lsada ustunlikka egamiz.

"Yuventus" - ajoyib jamoa. Xatolarimiz tufayli ular o'yinni qutqara olishdi, ammo biz o'yinning birinchi 60 daqiqasini yaxshi o'tkazdik" - deydi Lam.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern Munich