

Unda "Real" kichik hisobda g'alabaga erishdi. Bahsdagi eng muhim palla 77-daqiqaga to'g'ri keldi. "Xetafe" tarkibida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Allan Nom 36 soniyadan keyin qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Oradan 3 daqiqa o'tib, Kilian Mbappe g'alaba golini urdi. Oradan yana 3 daqiqa o'tib, "Xetafe"ning yana bir futbolchisi maydondan chetlatildi.
Shu orqali "Real" klasikoga peshqadam sifatida boradigan bo'ldi.




