LaLiga hakamlari "Barselona" pul to'lagan Negreyrani sudga bermoqchi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2023, 01:22
LaLiga hakamlari Ispaniya hakamlik qo'mitasi mansabdorini sudga bermoqchi.

Oldinroq, Kataloniya klubi 2016-2018 yillarda o'sh apayt hakamlar qo'mitasi vice-prezidenti bo'lgan Xose Mariya Enrikes Negreyrega 1,4 mln. evro o'tkazib bergani aytilgan edi. Klubdagilar bu to'lov yosh futbolchilar hisoboti va hakamlik uchun amalga oshirilgan deyishdi. Keyin "Barselona" Negreyrega 2003 yildan beri umumiy 4,7 mln. evro to'lagani ma'lum bo'ldi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, LaLiga hakamlari yaqin vaqt ichida Negreyrani sudga bermoqchi. Referilar ularning obro'si va halolligiga ta’sir ko'rsatuvchi voqealarga jim qarab turmochi emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca