Laksalt "Milan"da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda

Mirjalol Normatov
16 avg 2018
"Jenoa" yarim himoyachisi Diego Laksalt "Milan"da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.

"The Milan Bible" nashri xabariga ko'ra, 25 yoshli urugvaylikning transferi yaqin vaqtlarda amalga oshadi. "Milan" yarim himoyachi uchun 14 mln evrodan voz kechadi. Shuningdek, 4 mln evro ham bonuslar tarzida vada qilingan.

O'tgan mavsumda Laksalt "Jenoa" tarkibida 34 uchrashuvda qatnashib, 4 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Milan Bible