"Lacio" va "Al Hilol" kelishib oldi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2023, 00:29
"Lacio" yetakchisi Sergey Milinkovich-Savich "Al Hilol"ga o'tadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, Saudiya Arabistoni va Rim klubi yarim himoyachining transferi borasidagi barcha hujjatlarni tayyorlab qo'yishgan. Yaqin vaqtlar ichida futbolchi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi.

Transfer qiymati 40 mln evroni tashkil qiladi. Serbiyalik xavbek Saudiya klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano