"Lacio" millionlaridan ayrilib qoldi

Aslanov Jasurbek
28 mar 2018, 17:00
"Lacio" 2 mln. evroni firibgarlar hisobiga o'tkazib berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Lacio" o'zini "Feyenoord" klubi sifatida tanishtirganlardan xat olgan. U yerda himoyachi Stefan de Vreyning transfer pulini to'lash uchun hisob raqam ko'rsatilgan edi.

"Lacio" ushbu hisobga 2 mln. evro o'tkazib berdi. Ma'lum bo'lishicha, "Feyenoord" hech qanday pul qabul qilmagan, barcha mablag' firibgarlarning qo'liga o'tib ketgan ekan.

Ushbu ish bilan shug'ullanayotgan prokurorning so'zlariga ko'ra, u pullarni Gollandiya bankidan topishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Tempo