

Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, futbolchiga Rimning "Lacio" klubi qiziqmoqda.
Ayni paytda Morisson "Vest Xem" a'zosi hisoblanadi. U mavsum boshida "Kardiff"ga ijaraga berilgan edi. Dekabr oyida MYUning sobiq futbolchisi Londonga qaytgandi. Morisson ushbu mavsumda Chempionshipda 7ta o'yinda maydonga tushdi.



