“Lacio” jamoa himoyachisi “Al Ayn”ga o'tayotgani haqida xabar berdi

Eldor Akmurzayev
23 okt 2020, 00:40
Rimliklar a'zosi Bashtush faoliyatini BAA chempionatida davom ettiradi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.

U "Al Ayn"ga ko'chib o'tadi. 29 yoshli himoyachi joriy mavsum A Seriyada 2 ta o'yin o'tkazdi va jarohat olib yanvargacha safdan chiqqandi. Angolalik futbolchi 2013-2016 yillarda “Rostov” sharafini himoya etgan. Keyingi 4 mavsumni esa u “Lacio” safida o'tkazdi va 94 bahsda maydonga tushib, 9+1 natija ko'rsatishga erishdi.

Bashtush o'tgan mavsum jamoa bilan Italiya Kubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia