“Lacio” jamoa futbolchisini Xitoy klubiga ijaraga berdi

Eldor Akmurzayev
28 fev 2020
Rimliklar yarim himoyachisi Jozef Mari Minala faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.

U 2020 yilning oxiriga qadar Xitoy Superligasi klubi “Cindao Xaynyu”da harakat qiladi. 23 yoshli kamerunlik xavbek “Lacio” akademiyasidan chiqqan bo'lib, asosan, faoliyatini ijara asosida Italiyaning quyi divizion klublarida olib borgan. 

Minala Rim shahri jamoasi libosida esa atigi 3ta o'yin o'tkazgan. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sslazio.it