"Lacio" "Inter" yarim himoyachisi uchun uch yillik shartnoma taklif qildi

Alisher
7 apr 2022, 14:30
"Lacio" "Inter" yarim himoyachisi Matias Vesino bilan shartnoma imzolamoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, rimliklar 30 yoshli urugvaylik futbolchi uchun uch yillik shartnoma taklif qilishgan.

Vesino 2021/22 yilgi mavsum "Inter" tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Futbolchining hozingi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira