Lacio Immobilening maoshini ikki baravar oshirishga tayyor

Narzulla Saydullayev
3 avg 2020
Lacio Chiro Immobile bilan shartnomani uzaytirmoqchi, bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma'lum qildi.

Rim klubi 30 yoshli forvardning yillik maoshini 2,5 million evrodan 4,5 million evroga ko'tarmoqchi.

Immobilening Lacio bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yoziga qadar tuzilgan.

Ma'lumot uchun, yakunlangan mavsumda Immobile Italiya A seriyasida 37ta o'yinda maydonga tushib, 36ta gol urdi va Oltin butsa sohibiga aylandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: