Ayni paytda asosiy tarkibdan chetlashtirilgan “Yuventus” hujumchisi Fabio Kvalyarellaga (31 yoshda) “Lacio” qiziqib qoldi, deb xabar beradi Goal.com.
Rimliklar turinliklar bilan alla qachon muzokarani boshlab yuborishgan. Shunday ekan “Yuve”ning futbolchi bilan muddatidan avval shartnomani buzish ehtimoli ham yo'q emas.