"Lacio" Azmunni xarid qilishi mumkin

Alisher
18 iyul 2019
"Lacio" "Zenit"ning eronlik hujumchisi Sardor Azmunga qiziqmoqda.

Rim klubi hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi. Klub shuningdek Fernando Lorente va Andrea Petanya variantlarini ham ko'rib chiqmoqda.

Xabar berilishicha, "Lacio" Azmunni "Zenit"ga o'tganiga qadar ham kuzatgan.

Hujumchi "Zenit" libosida 18ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 3ta assistga erishgan.

Eronlik futbolchi yakunlangan mavsum Rossiya chempionligiga ega chiqdi.

Azmun oldinroq "Rubin" va "Rostov" klublarida ham o'ynagan. Transfermarkt futbolchini 17 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sport News