La Liganing nomdor jamoasi murabbiyini iste'foga chiqardi

Khoja
14 apr 2025, 10:51
Sevilya bosh murabbiy Xaver Pimentani ishdan bo'shatdi.

Andaluziya jamoasining rahbariyati qatorasiga 4 ta mag'lubiyatdan so'ng Xaver bilan xayrlashishga qaror qildi. Jamoa La Ligada hozirda 36 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.

Ma'lumot uchun, murabbiy Sevilyada bir yil ishlashga ham ulgurmadi. U jamoani o'tgan yilning iyun oyida qabul qilib olgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com