La Liga Xorxe Messiga javob qaytardi

Alisher
4 sen 2020
La Liga "Barselona" hujumchisi Lionel Messining otasi va agenti Xorxe Messining bayonotiga javob berdi.

Tashkilot bayonotida yozilishicha, Messining shartnomasida yozilgan 700 million evrolik tovon puli hali ham amalda.

Oldinroq, Messining otasi La Liga prezidenti Xaver Tebasga rasmiy xat yo'llagan holda, 700 million evrolik tovon pulining muddati tugaganligini bildirgan edi.

Eslatib o'tamiz, Messining "Barselona"dan kyetishi fonida La Liga Messining shartnomasi amalda ekanligini va 700 mln evro tovon puli to'lanmaguniga qadar shartnoma bekor qilinmasligini xabar qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano