La Liga. "Barselona" Xavi qo'l ostidagi dastlabki o'yinda "Espanol" ustidan g'alaba qozondi

Omonjon To`xtamirzayev
21 noya 2021, 03:00
Ispaniya La Ligasi 14-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Espanol" uchrashuvi yakunlandi.

"Barselona" – "Espanol" 1:0

Gol: Depay 48'

"Barselona" – ter Stegen, Mingesa (Arauxo, 88), Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets (Puch, 78), de Yong, Niko Gonsales (Demir, 88), Gavi (Koutino, 70), Depay, Axomash (Ezzalzuli, 46).

"Espanol" – Diego Lopes, Kabrera, Serdji Gomes, Pedrosa, David Lopes (Morlanes, 56), Darder (Moron, 90), Errera (Dimata, 78), Aleish Vidal, Embarba (U Ley, 78), de Tomas, Puado (Melamed, 56).

45+1-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqaSal qolsa, o'yindagi hisobni Raul de Tomas to'pni darovzaga yo'llab qo'yardi.

38-daqiqa"Barselona" o'zining ikkinchi burchak zarbasini amalga oshirmoqda. 

35-daqiqaMehmonlarning navbatdagi urinishi chap qanotdan amalga oshirildi, lekin jarima maydonchasi ichiga yo'llangan to'pni darvozabon ushlab oldi. 

34-daqiqaPedrosa jarima maydonchasiga yorib kirayotganida yiqilib tushdi, lekin hakam penaltiga o'rin yo'q deb hisobladi. 

30-daqiqaMemfis Depayda o'yindan tashqari holat qayd etildi.

28-daqiqa"Barsa" futbolchilari raqib jarima maydonchasida aylanib yurgandek.

25-daqiqa. Memfis Depay zarba yo'llash imkonini topdi.

Biroq standart vaziyatdan naf chiqmadi. 

21-daqiqa"Espanol" birinchi burchak zarbasini amalga oshiradi.  

18-daqiqaTo'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich foiz hisobida 73 - 27.

15-daqiqaMarkaziy aylana ichida Pike o'zini dog'da qoldirib ketayotgan Raul de Tomasni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.  

14-daqiqaBugun ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan Akomax qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.  

12-daqiqaTezkor hujumni Raul de Tomas zarba bilan yakunladi, lekin uning havodan uzatilgan to'pga to'xtatmay bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi,    

10-daqiqaNiko Gonsales jarima maydoniga yaqin nuqtadan zarba yo'lladi, ammo to'p darvozadan ancha yuqoridan o'tib ketdi.  

9-daqiqaPike oddiy vaziyatda uzatmada xatoga yo'l qo'ydi.  

7-daqiqa"Barsa" kattagina ustunlikka ega bo'lmoqda. Hozirgi hujum chap qanotdan amalga oshdi va kuchli tarzda jarima maydonchasiga yo'llangan to'pni Diego Lopes egallab oldi.   

4-daqiqaO'yindagi birinchi aniq zarbani De Yongdan to'pni qabul qilib olgan Memfis Depay amalga oshirdi, Diego Lopes o'z o'rnida. 

Alba jarima maydoniga uzatgan to'pni himoyachilar osonlik bilan qaytarib yuborishdi. 

3-daqiqa. Depayga nisbatan qoida buzildi.

1-daqiqa. Derbi boshlandi. Uni mehmonlar boshlab berishdi.  

Stadionda mezbonlar madhiyasi yangramoqda unga muxlislar jo'r bo'lishmoqda. 

Asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari ma'lum bo'lib ulgurgan.

"Barselona" - "Espanol"
21/11/2021, 01:00

"Barselona" – Ter Shtegen, Mingesa, Pike, Erik Garsiya, Alba, Buskets, de Yong, Niko Gonsales, Gavi, Depay, Akomax.

"Espanol" – Diego Lopes, Kabrera, Serdji Gomes, David Lopes, Pedrosa, Darder, Errera, Aleish Vidal, Embarba, de Tomas, Puado.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia