

Uchrashuvning 27-daqiqasida Braun Ideye mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 80-daqiqada Fransis Koklen muvozanatni tikladi. O'yinning so'nggi daqiqalarida “ko'rshapalaklar” penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi. Bu vazifani Daniel Parexo bexato bajarib, jamoasining g'alabasini taminladi.
“Valensiya” ushbu g'alabadan keyin 46 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog'onasida bormoqda. “Malaga” esa 13 ochko bilan so'nggi o'rinni egallab turibdi.



