La Liga. So'nggi daqiqalarda penaltini qaytargan Oblak chempionlik kurashida "Atletiko"ga muhim g'alabani olib berdi

22 mar 2021, 01:38
Madridning "Atletiko" klubi Ispaniya chempionatining 28-turida "Alaves"ni qabul qilib, 1:0 hisobida mag'lub qildi.

O'yin taqdirini hal qiluvchi yagona gol Luis Suaresning nomiga yozildi. Qiziqarli jihati shundaki, mazkur gol urugvaylik futbolchining professional faoliyatidagi 500-si bo'ldi.

Uchrashuv so'nggida "matraschilar" darvozasi tomon belgilan penaltini bartaraf qilgan Yan Oblak ham o'ziga xos qahramonlik namoyish qildi.

TURNIR JADVALI

Atletiko – Alaves 1:0

21 mart, 22.30, "Vanda Metropolitano"

Gol:

1:0 – 54 Suares.

Atletiko – Oblak, Ermoso, Savich, Ximenes, Tripper, Lorente, Karrasko, Koke, Lemar (Errera, 74), Korrea (Saul, 74), Suares.

Alaves – Pacheko, Ximo Navarro, Lejen, Duarte, Laguardia (Tachi, 70), Xota (Maxmud, 70), Battalya, Mendes (Rioxa, 60), Pere Pons (Sayns, 79), Pelistri, Xoselu.

Ogohlantirishlar:

Xota (33), Karrasko (76), Savich (85), Battalya (88), Saul (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia