La Liga. "Sevilya" uyda "Granada"ni qabul qiladi, "Real" - shanba, "Barsa" yakshanba kuni o'ynaydi

Omonjon To`xtamirzayev
8 apr 2022, 16:50
Bugun Ispaniya chempionati 31-tur uchrashuvlari start oladi.

Turni "Sevilya" - "Granada" uchrashuvi ochib beradi. Ayni vaqtda sevilyaliklar to'rtinchi o'rinda borishmoqda va yetakchi "Real"dan 12 ochkoga ortda qolmoqda. 

Shanba kuni e'tiborga loyiq uch muhim bellashuv "Malorka" - "Atletiko" hamda "Real" - "Xetafe" uchrashuvi bo'lib o'tadi. "Qirollik klubi" safida himoyachilar Eder Militao va Ferlan Mendi katta ehtimol bilan o'yinni o'tkazib yuboradi. Jamoaning mashg'ulotlraida Ferlan ishtirok etmagan. Ma'lumotlarga ko'ra, murabbiylar shtabi Mendiga dam berishga qaror qilgan. Militao esa "Chelsi"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi, shuning uchun Anchelotti Alaba-Nacho juftligiga qo'shimcha vaqt bermoqchi. 

Shuningdek, "Bavariya"ni dodini bergan "Vilyarreal" o'z maydonida "Atletik Bilbao"ni qabul qiladi. Ettinchi va sakkizinchi pog'onadagi jamoalar to'qnashuvi tomoshabop bo'lishiga ishonchimiz komil. "Matraschilar" hisobida ham 57 ochko mavjud va ular hali 2-o'rindan umid uzishgani yo'q. YCHL chorak finalida ham munosib o'yin ko'rsatgan "suvosti kemasi" esa 6-o'rindagi "Real Sosedad"dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.     

Tunda EL 1/4 finalida "Ayntraxt"ga qarshi durang qayd etgan "Barselona" yakshanba kuni chempionat doirasida safarda "Levante" bilan ro'baro keladi.

Turni esa dushanba oqshomida "Rayo Valekano" – "Valensiya" bahsi yopib beradi. 


Ispaniya chempionati, 31-tur





O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia