

Uchrashuvning 46-daqiqasida Lyuk de Yong kiritgan gol bellashuv tugashigacha yagonaligini saqlab turgandi. Ammo 87-daqiqada Diego Karlosning avtogolidan keyin mehmonlar uch ochkodan mahrum bo'lib, uyga ochkolarni bo'lishib qaytadigan bo'lishdi.
“Sevilya” ayni paytda 51 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog'onasida borayotgan bo'lsa, “Levante” 35 ochko bilan 12-pog'onani band etgan.



