La Liga rahbari: Agar "Real" istasa, Mbappe va Xolandni sotib olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
15 dek 2021, 20:52
La Liga prezidenti Xaver Tebas Kilian Mbappe va Erling Xolandning ispan klubiga o'tishiga umid bildirdi.

"Mbappening "Real"ga o'tish ehtimoli bor. Men Xolandni ham ispan klubida o'ynaydi deb o'ylayman va umid qilaman.

Agar "Real Madrid" istasa, ikkalasini ham o'rtacha narxda sotib olishi mumkin, garchi Mino Rayola bilan kelishuv imkonsizday tuyulsa-da. Ammo transferlar madridliklar uchun muhim voqea bo'lardi hamda bu La Liga uchun ham foydali bo'lardi.

Men uchun Mbappe va Xoland bir jamoada yoki boshqa-boshqa klub safida o'ynashi unchalik muhim emas", - dedi Tebas.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: COPE