La Liga Messini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berdi

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2021, 00:32
"Barselona" Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolash imkoniyatini qo'lga kiritdi.

"As" nashrining xabar berishicha, klubda maoshlar bilan bog'liq ishlar tartibga keltirildi va La Liga tomonidan "Barsa" ga Messini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berildi.

Hozirda Messining yangi shartnomasi bilan uning otasi shug'ullanmoqda. Bunga sabab, Messining Amerika kubogidan e'tibori chalg'imasligidir. Futbolchi va klub o'rtasidagi yangi bitim yaqin kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda. 

Bu tarafda esa, PSJ rahbariyati Messidan umid qilishda davom etmoqda. "Barselona" bilan kelishuv amalga oshmagan holda, Messi faoliyatini Parijda davom ettirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As