La Liga klubi Xames Rodrigesni xarid qilmoqchi

Alisher
17 fev 2020
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesga "Valensiya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Valensiya" 28 yoshli kolumbiyalik futbolchini yozda o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Klub Rodrigesning agenti Jorje Mendesh bilan o'yinchining transferi borasida aloqaga chiqqan.

"Real" o'yinchi uchun 40 million evrodan ko'p bo'lgan mablag' taklif qilingan taqdirda, Xames bilan xayrlashishga qarshi emas.

Xames Rodriges joriy mavsum La Ligada "Real" safida 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Don Balon