La Liga. “Eybar” “Valensiya”ni mag'lub etib, 7-pog'onaga ko'tarildi

17 dek 2017, 01:19
Ispaniya chempionatining 16-turida peshqadamni taqib etib kelayotgan “Valensiya” kutilmaganda mag'lub bo'ldi.

“Eybar” mehmoni bo'lgan “ko'rshapalak”lar o'yin yakunlanishi arafasida o'z darvozalaridan ikkinchi to'pni o'tkazib yuborib, kichik mag'lubiyatni qarshi olishdi.

Ushbu g'alabadan keyin “Eybar” 21 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 7-pog'onaga ko'tarildi.

La Liga, 17-tur.

Eybar – Valensiya 2:1 (0:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 49 Inui, 1:1 – 57 Santi Mina, 2:1 – 87 Jordan.

Eybar – Dmitrovich, Arbilya, Xose Anxel, Kapa, Paulu Oliveyra, Ivan Alexo (Penya, 90), Jordan, Dani Garsiya, Inui, Sharles (Kike, 72), Enrik (Eskalante, 85).

Valensiya –   Neto, Gabriel, Gayya (Toni Lato, 46), Montoyya, Ruben Vezu, Nacho Xil (Gonsalu Gedesh, 73), Kondogbia, Parexo, Pereyra (Ferran Torres, 81), Rodrigo, Santi Mina.

Ogohlantirish:Dani Garsiya (65), Kondogbia (71), Parexo (76), Pereyra (80), Toni Lato (82).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia