La Liga. “Espanol” o'z maydonida uch ochkoni qo'lga kiritdi

26 sen 2018, 01:40
Ispaniya chempionatining 6-turi doirasida “Espanol” o'z maydonida “Eybar”ni qabul qildi.

Uchrashuvda mezbonlar himoyachisi Mario Ermosoning 68-daqiqada kiritgan goli “Espanol”ga muhim uch ochkoni keltirdi.

Ushbu g'alabadan keyin “Espanol” to'qqiz ochko bilan to'rtinchi pog'onaga ko'tarilgan bo'lsa, “Eybar” 7 ochko bilan 11-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia