

Bahsdagi yagona golni Markos Lorente o'z hisobiga yozdirdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda mezbonlar penalti tepish imkoniga ega bo'ldi, ammo “Elche” yarim himoyachisi Fidel bundan foydalana olmadi.
Madridliklar musobaqa jadvalida 76 ochko to'plagan holda peshqadamligini mustahkamladi.
"Elche" – "Atletiko" 0:1
"Martines Valero"
Gol: 0:1 – 23 Lorente.
"Elche" – Gassaniga, Palasios (Barragan, 46), Xosema (Rodriges, 80), Diego Gonsales, Kalvo, Guti, Markone (Xosan, 80), Morente (Pyatti, 46), Fidel, Milya (Nino, 71), Boye.
"Atletiko" – Oblak, Tripper, Ximenes (Felipe, 82), Savich, Ermoso, Lorente, Lemar (Joau Feliks, 57), Kondogbia, Karrasko, Korrea (Koke, 65), Suares (Saul, 82).
Ogohlantirishlar: Lemar (36), Karrasko (41), Milya (69), Boye (75), Barragan (76).



