La Liga. "Atletiko" "Kadis"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi

Alisher
12 mar 2022, 03:25
"Atletiko" "Kadis" (2:1)ga qarshi La Liga 28-tur doirasidagi o'yinda g'alaba qozondi.

"Atletiko" tarkibida gollarga Joau Feliks va Rodrigo de Paul mualliflik qilishdi. Madridliklar o'yinni zaxiradan tushgan Xaver Serranoning qizil kartochkasi sabab o'n kishi bo'lib yakunlab qo'yishdi.


"Atletiko" – "Kadis" 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 1:0 – 3 Joau Feliks, 1:1 – 45 Negredo, 2:1 – 68 de Paul.

"Atletiko": Oblak, Savich, Ximenes (Felipe, 83), Reynildu, Karrasko (Korrea, 60), Koke (Lodi, 46), Errera, de Paul, Lorente, Grizmann (Suares, 60), Joau Feliks (Serrano, 83).

"Kadis": Ledesma, Akapo (Karselen, 87), Ernandes, Viktor Chust, Espino (Perea, 90), Alkaras, San-Emeterio (Lukas Peres, 73), Sobrino (Aleks Fernandes, 73), Negredo, Losano, Idrissi.

Ogohlantirishlar: de Paul (30), Sobrino (33), Karrasko (35), Reynildu (41), Savich (90).

Chetlatish: Serrano (88).


LA LIGA TURNIR JADVALI


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia